HURMATLI AKSIYADORLAR!
“CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI” AJ, 2019-yil 18-iyun kuni soat 11:00 da Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Ro‘yxatga olish: 10:30 dan 11:00 gacha.
Kun tartibi:
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
- Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
- 2018-yilgi biznes-reja bajarilishi bo‘yicha hisobot;
- 2018-yil uchun yillik hisobot va auditor xulosasini tasdiqlash;
- Kuzatuv kengashining 2018-yilgi boshqaruv bo‘yicha hisoboti;
- 2018-yilgi foydani taqsimlash tartibi;
- 2019-yilgi biznes-reja va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi;
- Bosh direktorni bir yil muddatga saylash;
- Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
- Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
- Affillangan bitimlarni ma’qullash;
- 2019-yil uchun auditorlik tashkilotini tanlash;
- “Kuzatuv kengashi” va “Umumiy yig‘ilish” to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash.
Pasport bo‘lishi shart. Ishtirok etish shaxsan yoki ishonchnoma orqali (67-modda).
Kuzatuv kengashi
“CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI” AJ