“Chirchiq transformator zavodi” AJ 2025 yil 11–13 noyabr kunlari NVK “Uzexpomarkaz”da bo‘lib o‘tgan elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha E-TechExpo 2025 4-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ko‘rgazma doirasida korxona o‘zining texnik yechimlari va mahsulotlarini taqdim etdi, shuningdek, sohaviy kompaniyalar hamda tarmoq tashkilotlari vakillari bilan qator ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazdi. Ko‘rgazmada ishtirok etish ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish hamda elektrotexnika sohasining rivojlanishidagi dolzarb yo‘nalishlar bilan tanishish imkonini berdi.