Kun tartibi:
- Hisoblash komissiyasining soni va tarkibini tasdiqlash;
- Jamiyat aktsiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash;
- Ijro organining 2022 yilgi yillik biznes-rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
- 2022 yilgi yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zarar hisobotini hamda tashqi auditor xulosasini tasdiqlash;
- Nazorat kengashining 2022 yilda jamiyatni boshqarish bo‘yicha qonunda belgilangan talablarning bajarilishi bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
- 2022 yilgi moliyaviy va xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydaning taqsimlash tartibini tasdiqlash;
- 2023 yil uchun jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash;
- 2023 yil yakunlariga ko‘ra Yillik Umumiy Yig‘ilishgacha bir yil muddatga Bosh direktorni saylash;
- Nazorat kengashi a’zolarini uch yil muddatga saylash;
- Jamiyatning bog‘langan shaxslar bilan amalga oshiriladigan shartnomalarini tasdiqlash;
- Majburiy auditorlik tekshiruvini (NSBU va MSFO) o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, uning xizmatlari uchun maksimal to‘lov miqdorini belgilash va shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
- 2019 yilgi dividendlarning muddat o‘tgan, egalari yoki ularning qonuniy merosxo‘rlariga da’vo qilish huquqi bo‘lmagan summalarni jamiyat balansiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Aktsiyadorlar ro‘yxati, yig‘ilishda ishtirok etishga huquqga ega shaxslar 2023 yil 26 may holatiga ko‘ra tuzilgan, yig‘ilishda ishtirok etish esa 2023 yil 14 iyunga mo‘ljallangan.
Aktsiyadorlar yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida rasmiy sayt orqali taqdim etiladigan ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
Shaxsiy pasportni o‘zingiz bilan olib kelishingiz lozim. Aktsiyadorlar ishtiroki to‘g‘risidagi huquq, «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish» to‘g‘risidagi Qonunning 67-moddasiga muvofiq, aktsiyador tomonidan shaxsan yoki vakili orqali amalga oshiriladi.
Aktsiyador istalgan vaqtda vakilini almashtirishi yoki yig‘ilishda shaxsan ishtirok etishi mumkin.
Vakil vakolatnoma asosida harakat qiladi. Vakolatnoma shaxs yoki tashkilot to‘g‘risida ma’lumotlarni (ism yoki nomi, yashash yoki joylashgan manzil, pasport yoki ID ma’lumotlari) o‘z ichiga olishi kerak. Jismoniy shaxs vakolatnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yuridik shaxs vakolatnomasi rahbar imzosi bilan beriladi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi (agar muhr mavjud bo‘lsa).
Nazorat Kengashi
АО «CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI»