Kun tartibi:
Hisoblash komissiyasining soni va tarkibini tasdiqlash;
Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash;
Nazorat kengashi a’zolarini uch yil muddatga saylash.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aktsiyadorlar ro‘yxati 2024 yil 8 oktyabr holatiga muvofiq, umumiy yig‘ilishni o‘tkazish haqida xabarnoma yopiq ro‘yxat bo‘yicha tuzilgan va 2024 yil 24 oktyabr holatiga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqi belgilanadi.
Aktsiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumot bilan jamiyatning rasmiy veb-saytida tanishishlari mumkin.
Shaxsiy guvohnoma (pasport)ni o‘zlari bilan olib kelishlari shart. “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish” to‘g‘risidagi qonunning 67-moddasiga muvofiq, umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqi aktsiyador tomonidan shaxsan yoki vakili orqali amalga oshiriladi.
Aktsiyador istalgan vaqtda vakilini o‘zgartirishi yoki shaxsan yig‘ilishda ishtirok etishi mumkin.
Aktsiyador vakili umumiy yig‘ilishda vakolatnomaga asosan harakat qiladi. Vakolatnoma vakil va vakolat beruvchi haqidagi ma’lumotlarni (ism yoki nom, yashash joyi yoki joylashuvi, pasport ma’lumotlari yoki ID-karta ma’lumotlari) o‘z ichiga olishi kerak. Jismoniy shaxs nomidan berilgan vakolatnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yuridik shaxs nomidan berilgan vakolatnoma rahbar imzosi bilan beriladi va shu yuridik shaxs muhr bilan tasdiqlanadi (agar muhr mavjud bo‘lsa).
Nazorat Kengashi
АО «CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI»