- Turli xil po'latlar, rangli metallar va qotishmalardan tayyorlangan murakkab apparatlar, uzellar, konstruksiyalar va quvur o'tkazgichlarni avtomat va yarim avtomatlarda payvandlash;
- Bosim ostida ishlaydigan turli texnologik konstruksiyalarni va murakkab konfiguratsiyali konstruksiyalarni avtomatik payvandlash;
- Murakkab qurilmalarda payvandlash ishlari;
- Payvand choklarini shift (tepa) va vertikal holatda bajarishda murakkab konfiguratsiyali konstruksiyalarni payvandlash;
- Payvandlanuvchanligi cheklangan metallar va qotishmalardan tayyorlangan eksperimental konstruksiyalarni payvandlash;
- Blokli ko'rinishdagi konstruksiyalarni chokning barcha fazoviy holatlarida payvandlash;
- Rangli metallar va qotishmalarning issiq prokatlangan polosalarini himoya gazi muhitida erimaydigan elektrod bilan avtomatik payvandlash;
- Mashina qismlari, mexanizmlar va konstruksiyalardagi nuqsonlarni payvandlab yopish;
- Murakkab qismlar va uzellarni qoplama payvandlash (naplavka).
- O'rta maxsus professional ta'lim;
Bilishi kerak:
- Har xil turdagi payvandlash avtomatlari, yarim avtomatlari, plazmotronlar va quvvat manbalarining elektr sxemalari va konstruksiyalari; payvandlanadigan metallarning, shu jumladan yuqori legirlangan po'latlarning mexanik va texnologik xususiyatlari;
- Qoplama metallning mexanik xususiyatlari;
- Choklarni tushirishning texnologik ketma-ketligi va payvandlash rejimi;
- Payvand choklaridagi nuqson turlari, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari;
- Mas'uliyatli payvand choklarini nazorat qilish va sinash usullari;
- Elektr payvandlash avtomatlari va yarim avtomatlarining konstruksiyalari, murakkab avtomatlar, plazmotronlar va mashinalarning elektr hamda kinematik sxemalari, ulardagi eng ko'p uchraydigan nosozliklar sabablari va ularni bartaraf etish usullari;
- Mas'uliyatli konstruksiyalarning payvandlangan birikmalarini nazorat qilish metodlari, sinash usullari va uslublari;
- Elektron boshqaruv sxemalarining ishlash prinsipi va tuzilishi;
- Qotishmalarning turlari, ularning payvandlash va mexanik xususiyatlari;
- Korroziya turlari va uni keltirib chiqaruvchi omillar;
- Payvandlangan birikmalarga termik ishlov berishning asosiy turlari;
- Payvand choklari metallografiyasi asoslari.
- O'zR Mehnat kodeksi bo'yicha ishga qabul qilish;
- Ish grafigi: 8 soatlik navbatli ish (5/2);
- 1-smena: 08:00 dan 17:00 gacha, 2-smena: 17:00 dan 01:00 gacha, 3-smena: 01:00 dan 08:00 gacha (tungi smena uchun avtobus tashkil etilgan);
- Shanba va yakshanba dam olish kunlari;
- Kompaniya hisobidan ovqatlanish (tushlik, 2-smena uchun kechki ovqat);
- Barqaror va o'z vaqtida beriladigan ish haqi oyiga 2 marta (bo'nak va oylik);
- Kasaba uyushmasi mavjud: yordam, qo'llab-quvvatlash va ish masalalarini hal qilishda ishtirok etish;
- Ish haqi suhbat davomida yakka tartibda muhokama qilinadi.
[PDF]