- Chizmalar va yig'ish sxemalari bo'yicha universal va maxsus moslamalar hamda shablonlarni qo'llagan holda, payvandlash va parchinlash uchun metall konstruksiyalarning murakkab uzellarini yig'ish;
- Metall konstruksiyalarning murakkab bazaviy qismlari va uzellarini o'rnatish joylarini belgilash;
- Yig'ilgan metall konstruksiyalarni darajalar bo'yicha tekislash va tekshirish;
- Yig'ish sxemalari va xomaki chizmalar bo'yicha oddiy geometrik shakllarni yasash;
- Metall konstruksiyalarning eksperimental va noyob uzellarini yig'ish;
- Bosim ostida ishlaydigan eksperimental, noyob va murakkab metall konstruksiya uzellarini pnevmatik sinovdan o'tkazish;
- Murakkab metall konstruksiya uzellarini sinovdan o'tkazgandan so'ng aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish;
- Texnik shartlarga muvofiq murakkab metall konstruksiyalarni, shuningdek, yig'ish ishlarida yuqori aniqlikni talab qiladigan eksperimental va noyob uzellarni yig'ish, sozlash, sinash va topshirish;
- Yig'ish sxemalari va chizmalar bo'yicha murakkab geometrik shakllarni yasash;
- Yig'ilgan metall konstruksiya uzellari uchun pasport tuzishda ishtirok etish;
- Turli murakkablikdagi metall konstruksiya uzellari yig'ilishining to'g'riligini tekshirish.
- O'rta maxsus professional ta'lim;
Bilishi kerak:
- Har xil turdagi murakkab metall konstruksiyalarning vazifasini;
- Yuk ko'tarish-tashish moslamalarining ekspluatatsiya shartlari va ularning ishonchliligini aniqlash usullarini;
- Asosiy metallarning mexanik xususiyatlarini; cho'zilish, egilish va siqilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishlarni;
- Qo'llaniladigan yuk ko'tarish mexanizmlarining mexanik xarakteristikalarini;
- Takelaj va payvandlash ishlarini bajarish usullarini;
- Murakkab metall konstruksiyalarni yig'ish ishlarini tashkil etish tartibini;
- Murakkab yoyilmalarni belgilash usullarini;
- Issiqlik texnikasi, mexanika, geometriya va trigonometriya asoslarini;
- Murakkab metall konstruksiyalarning ishlash prinsipi va ulardan foydalanish qoidalarini;
- Metall konstruksiyalarni yig'ishda qo'llaniladigan uskunalar, murakkab asboblar, moslamalar va turli priborlarni;
- Metall konstruksiyalarni yig'ish ketma-ketligini; maxsus sinovlardan o'tishi kerak bo'lgan konstruksiyalar va buyumlarni yig'ishga qo'yiladigan talablarni;
- Metall konstruksiyalarni yig'ish texnologiyasi va texnik shartlarini.
- O'zR Mehnat kodeksi bo'yicha ishga qabul qilish;
- Ish grafigi: 8 soatlik navbatli ish (5/2);
- 1-smena: 08:00 dan 17:00 gacha, 2-smena: 17:00 dan 01:00 gacha, 3-smena: 01:00 dan 08:00 gacha (tungi smena uchun avtobus tashkil etilgan);
- Shanba va yakshanba dam olish kunlari;
- Kompaniya hisobidan ovqatlanish (tushlik, 2-smena uchun kechki ovqat);
- Barqaror va o'z vaqtida beriladigan ish haqi oyiga 2 marta (bo'nak va oylik);
- Kasaba uyushmasi mavjud: yordam, qo'llab-quvvatlash va ish masalalarini hal qilishda ishtirok etish;
- Ish haqi suhbat davomida yakka tartibda muhokama qilinadi.
[PDF]