- dastur bilan boshqariladigan stanoklarda uch va undan ortiq kesuvchi asboblar qo‘llangan holda 8–11 kvalitetlar bo‘yicha ko‘p o‘tishli o‘rta murakkab va murakkab detallarni boshqaruv pulti orqali ishlov berish jarayonini olib borish;
- asbobning boshlang‘ich nuqtaga chiqishini nazorat qilish va uni tuzatish;
- asbobli bloklarni almashtirish;
- detallar yuzasini nazorat-o‘lchov asboblari va qurilmalari bilan tekshirish;
- asboblar va moslamalar ishidagi mayda nosozliklarni bartaraf etish;
- ish jarayonida alohida oddiy va o‘rta murakkab uzellar hamda mexanizmlarni sozlash;
- dastur bilan boshqariladigan stanoklarda detallarni qayta o‘rnatish va birgalikda mahkamlashni talab qiladigan, ko‘p o‘tishli murakkab detallarni boshqaruv pulti orqali ishlov berish jarayonini olib borish;
- sozlashdan keyin sinov detallariga ishlov berish.
- O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi;
Bilishi lozim:
- Dasturiy boshqaruvli turli xil stanoklarning tuzilishi va kinematik sxemalari, ularni sozlash qoidalari, nazorat-o‘lchov asboblari va qurilmalarini sozlash hamda rostlash qoidalari;
- Detallarni o‘rnatish va tekshirib to‘g‘rilash usullari; bajarilayotgan ish doirasida metallarni kesish nazariyasi asoslari;
- Ma’lumotnomalar va stanok pasporti bo‘yicha kesish rejimlarini aniqlash qoidalari;
- Murakkab profillarni kalibrlash tamoyillari; ishlov berilayotgan detallar chizmalarini o‘qish qoidalari.
- Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- ish jadvali: 8 soatlik smenali ish (5/2);
- 1 smena: 08:00 dan 17:00 gacha, 2 smena: 17:00 dan 01:00 gacha, 3 smena: 01:00 dan 08:00 gacha (tungi smena uchun avtobus tashkil etilgan);
- shanba va yakshanba — dam olish kunlari;
- kompaniya hisobidan ovqatlanish (tushlik, 2-smena uchun kechki ovqat);
- oyiga 2 marta barqaror va o‘z vaqtida ish haqi to‘lanadi (avans va oylik ish haqi);
- kasaba uyushmasi mavjud: yordam, qo‘llab-quvvatlash va ish masalalarini hal etishda ishtirok;
- ish haqi suhbat davomida individual tarzda kelishiladi.
[PDF]