- Gorizontal o'rash dastgohlarida birinchi gabaritli transformatorlarning doiraviy kesimli misdan iborat silindrsimon ko'p qatlamli g'altaklarini o'rash;
- Birinchi va ikkinchi gabaritli pech transformatorlari uchun diskli g'altaklarni o'rash;
- Maxsus moslamalarni qo'llagan holda qatlamlararo izolyatsiyani yotqizish;
- Gorizontal o'rash dastgohlarida ikkinchi va uchinchi gabaritli transformatorlarning doiraviy kesimli misdan, birinchi va ikkinchi gabaritli transformatorlarning to'g'ri burchakli kesimli misdan iborat silindrsimon ko'p qatlamli g'altaklarini o'rash;
- Ikkinchi gabaritli transformatorlarning 12 tagacha parallel bo'lgan uzluksiz va spiral o'ramlarini o'rash;
- Uchlarini chiqarish va sozlash shoxobchalarini kavsharlash;
- Ekranlarni o'rnatish va kavsharlash bilan ariqchali g'altaklarni hamda kuchlanish g'altaklarini o'rash;
- Vertikal va gorizontal o'rash dastgohlarida yuklama ostida ulanadigan beshinchi va oltinchi gabaritli transformatorlarning uzluksiz g'altaklarini o'rash;
- Elektr pech transformatorlari va chirmashgan o'ramli shuntlovchi reaktorlarning g'altaklarini o'rash.
- O'rta maxsus professional ta'lim;
- Jamoada ishlash qobiliyati.
Bilishi kerak:
- Foydalaniladigan turli rusumdagi uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, xizmat ko'rsatish tartibi va sozlash usullarini;
- Universal va maxsus moslamalarning vazifasi va qo'llanilishi qoidalarini;
- Har qanday murakkablikdagi nazorat-o'lchov asboblari va qurilmalarini;
- Qo'llaniladigan materiallarning xususiyatlari, texnik va texnologik tavsiflarini;
- O'ram turlari va ishlab chiqarilayotgan buyumlarni o'rash bo'yicha texnik shartlarni (TS).
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo'yicha ishga qabul qilish;
- Ish grafigi: 8 soatlik navbatli ish (5/2);
- 1-smena: 08:00 dan 17:00 gacha, 2-smena: 17:00 dan 01:00 gacha, 3-smena: 01:00 dan 08:00 gacha (tungi smena uchun avtobus tashkil etilgan);
- Shanba va yakshanba dam olish kunlari;
- Kompaniya hisobidan ovqatlanish (tushlik, 2-smena uchun kechki ovqat);
- Barqaror va o'z vaqtida beriladigan ish haqi oyiga 2 marta (bo'nak va oylik);
- Kasaba uyushmasi mavjud: yordam, qo'llab-quvvatlash va ish masalalarini hal qilishda ishtirok etish;
- Ish haqi suhbat davomida yakka tartibda muhokama qilinadi.
[PDF]